O'z Aloqa Konsulting

Bugun Shanba

15 dekabr 2018

Matbaa korxonasini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish uchun onlayn ariza taqdim etish mumkin bo'ldi

06 yanvar 2017

O'zbеkistоn mаtbuоt vа ахbоrоt аgеntligi Yagona portalda matbaa korxonasini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish uchun ariza taqdim etish xizmatini joriy qildi. Mazkur xizmat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (jismoniy shaxslar)ga ko'rsatiladi.

Murojaatchi Yagona portal orqali real vaqt rejimida elektron ariza yuborish jarayonida kerakli quyidagi hujjatlarni arizaga qo’shib yuborishi lozim. 
  • Yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida ruxsatnomadan nusxa - yuridik shaxslar uchun;
  • Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida ruxsatnomadan nusxa - jismoniy shaxslar uchun.
  • Davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Matbaa korxonasini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi “Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 454-son qaroriga binoan o’rnatilgan tartibda davlat boji undiriladi.
Aytish joizki, Yuridik va jismoniy shaxslarning ma'lumotlar bazasi bilan integratsialanganidan so'ng, ushbu hujjatlarning aksarini ilova qilish o'z dolzalbligini yo'qotadi.
 
Xizmat natijasi bo’lib, 15 kun muddatda matbaa korxonasini ro‘yxatga olish yoki ro’yxatga olishni rad etish haqida xabarnomani olish hisoblanadi.
 
Ссылка: http://www.ccitt.uz